image_06.jpg

Sap Activate ni joriy qilish SAP S/HANA dasturini loyiha hayotiy tsiklining barcha bosqichlarida amalga oshirishni tezlashtiradi. Aynan ushbu uslub foydalanishga tayyor raqamli biznes-jarayonlar va texnologiyalarni, bosqichma-bosqich sozlash va yangi avlod usullarini o'z ichiga oladi.

Tarixan SAP ikkita amalga oshirish metodologiyasini ya'ni «on premise» loyihalari uchun ASAPni va bulutli yechim uchun SAP Launch taklif qilar edi. SAP Activate metodologiyasi endilikda SAP S / 4HANA-ni joriy etishga tayyor bo'lgan mijozlar uchun bulutli va "on premise" dasturlarni birlashtiradi.

SAP mutaxassislari on-premise uchun zarur bo'lgan kontentni saqlab qolgan holda bulutli yechimlarni tadbiq etishni osonlashtirishga harakat qilishdi. Natijada, quyidagi to'rt bosqichdan foydalanib, kerakli balansga erishildi:

Tayyorgarlik
Sifat va xavflarni boshqarish rejalarini o'z ichiga olgan holda loyiha boshlanadi va amalga oshiriladi. Jumladan ishga tushirishga tayyor jarayonlarning eng yaxshi usullari bilan birgalikda dasturiy muhit faollashtirildi.

Tadqiqot
Buyurtmachi jamoasi SAP yechimining imkoniyatlarini o'rganadi va tizim integratori mijozning biznesini o'rganadi. Birgalikda ular mijozlarning talablariga eng mos keladigan konfiguratsiya va yaxshilanishni aniqlash uchun "fit / gap" tahlil sessiyalaridan foydalanadilar.

Tushunish
Jamoa "Tadqiqot" bosqichida belgilangan talablarning ustuvorliklaridan kelib chiqqan holda tizimni sozlaydi va takomillashtiradi. Konfiguratsiya va montaj qisqa davrlarda amalga oshiriladi, bu esa biznesda muntazam ravishda tekshirishni va sharhlarni taqdim etadi. Xizmatlarning sifati tizimli test va ma'lumotlar migratsiyasi orqali ta'minlanadi.

Tarqatish
Kommutatsiya oldidan yakuniy tayyorgarlik tizim, foydalanuvchilar va ma'lumotlar samarali foydalanishga o'tishga tayyor ekanligini ta'minlaydi. Biznes operatsiyalariga o'tish sozlamalarni faollashtirish va dasturiy muhiti va biznes foydalanuvchilari uchun qo'llab-quvvatlashni o'z ichiga olgan samarali ishga tushirishni o'z ichiga oladi.