image_03.jpg

K2 Consult bilan Inchcape-ning iPower loyihasi doirasidagi hamkorligi Rossiya, Belgiya, Buyuk Britaniya, Germaniya va Hindistondan xalqaro ijrochilar guruhini shakllantirishga imkon berdi. Diler va joriy etish jamoasi xodimlarining ushbu samarali hamkorligi 2011 yil 4 aprelda Sankt-Peterburgdagi Toyota va Lexus dilerlik markazlarining ishini SAP platformasiga o'tkazish imkonini berdi. Sinov muddati tugagandan so'ng tizim ketma-ketlik bilan Moskva va Sankt-Peterburgdagi barcha 17 korxonada o'rnatildi.

Xozirgi kunda 2500 dan ortiq Inchcape xodimlari 10 ta eng katta avtomobil markalari bo'lmish: Land Rover, Jaguar, BMW, Mini, Rolls-Royce, Toyota, Lexus, Volvo va Audi markalarini namoyish etuvchi bitta iPower tizimida ishlaydi. Rossiyadagi Inchcape kompaniyasining har bir xodimi iPower jarayonlari va tizimda ishlash, shu jumladan keyingi sertifikatlash bo'yicha majburiy kompleks treningdan o'tadi.

Yechimni amalga oshirishda Incchape kompaniyasinig Buyuk Britaniya va Rossiyadagi o'z xodimlaridan iborat xalqaro guruhi, Tata Consulting (TCS, Hindiston) va K2 Consult mutaxassislari, shuningdek SAP markaziy guruhining (Germaniya) loyiha ishtirokchilari amalga oshiradi. Shu bilan birga, SAP yechimlari asosida avtomobil sanoatida avtomatlashtirish loyihalarini amalga oshirishda noyob ko'p yillik tajribaga ega bo'lgan K2 Consult kompaniyasi Rossiyada joriy etish va yechimlarni yanada qo'llab-quvvatlash bo'yicha asosiy mahalliy hamkor sifatida xizmat qildi.

K2 Consult xodimlari Boltiqbo'yi va Avstraliyada iPower yechimlarini joriy etishda faol ishtirok etadilar.