image_04.jpg

K2 Consult kompaniyasi Rossiya bozorida avtomobilsozlik sanoatiga integratsiyalashgan yechim ishlab chiqarishda noyob tajribaga ega. Kompaniyaning mutaxassislari OEM talablari mavzusi bo'yicha, shu jumladan, SAP CRM va SAP ERP tizimlarining konfiguratsiyasi haqida bilimlarga ega.

Turli xil tovar belgilari (Toyota, Lexus, BMW, MINI, Audi, Volvo, Peugeot, Jaguar, LandRover) dilerlari uchun sanoat yechimini joriy etishning katta amaliy tajribasi mutaxassislarga mijozlar tizimini tezda sozlash va mijozlarga avtomobil bozorining yetakchi standartlari darajasida tayyor yechimlarni taklif qilish imkonini beradi.

Bizning kompaniya onlayn ma'lumot almashish uchun integratsiya interfeyslarini amalga oshirish bo'yicha tajribaga ega: model kataloglari, tovarlarni xarid qilish,tayyorlash va sotish jarayonlarini optimallashtirish vazifalari uchun logistika portallari.

"K2 Consult " kompaniyasining mutaxassislari keng ko'lamli filiallar tarmog'i bo'lgan yirik xalqaro kompaniyalar uchun ko'p darajali korporativ hisobotlarni o'rnatishda katta amaliy tajribaga ega. Avtomobil taqsimoti (дистрибуция) sohasi uchun asosiy ko'rsatkichlar va hisobotlarni ishlab chiqishda boy tajriba ega. Ushbu amaliyot mijozning biznes jarayonlari uchun muvaffaqiyatli moslashtirilishi mumkin.

"K2 Consult " kompaniyasi avtomobil sanoatida biznes jarayonlarini boshqarish modelini yaratish, xodimlarni yangi biznes jarayonlariga o'rgatish, jarayonlarni boshqarish va ularni amalga oshirishning nazorat nuqtalarini aniqlash bo'yicha o'z xizmatlarini taklif etadi.