K2_Contact_Centre.jpg

Bizne ishi

Aksariyat kompaniyalar uchun call-markazning mavjudligi va yuqori standartlari biznesning barqaror rivojlanishidagi asosiy omillardir. Hozirgi zamonaviy tendesiya- bu klassik call-markazni, barcha zamonaviy aloqa kanallari hisoblanmish: telefon qong'iroqlari, ovozli pochta , sms xizmati, e-mail, veb va mobil ilovalar orqali birlashtirib turadigan ko'ptarmoqli aloqa markaziga aylantirilishi hisoblanadi. Bundan tashqari, zamonaviy aloqa markaziga mijozlar bilan doimiy tashabbuskorlik aloqalari yuklatilgan. Qanday zamonaviy apparat va dasturiy vositalar zamonaviy aloqa markazining barcha vazifalarini muvaffaqiyatli bajarishga imkon beradi? Biznes yechimlari bo'yicha dunyoda yetakchi bo'lgan SAP, ushbu maqsadlar uchun nimani taklif qiladi?

Yechimlar va natijalar

SAP Business Communication Management (SAP BCM) - IP-telefoniyaga asoslangan ko'p kanalli dasturiy ta'minot to'plami bo'lgan aloqa markazlari uchun professional yechim. Texnologik jihatdan SAP BCM yechimi klassik АТС asosidagi telefon tarmoqlarini almashtiradi - barcha SAP BCM xizmatlari kontakt-markaz operatorlari, marketing bo'yicha mutaxassislar, mijozlarning qo'ng'iroqlarini qabul qiladigan xodimlar yoki yordamchi xodimlarning ish stolida joylashgan maxsus dastur orqali taqdim etiladi.

Shunday qilib, SAP BCM yechimi professional aloqa markazi va ofis telefoniyasini tashkil qilish uchun to'liq yechimdir. Ushbu yechimning mijozlari telekommunikatsiya uskunalariga sezilarli darajada tejashlari mumkin, chunki SAP BCM dasturini faollashtirish uchun standart kompyuterning o’zi yetarlidir. Yechimni kattalashtirishda siz ko'proq kuchli АТС olishingiz shart emas - faqat ish stantsiyalari sonini ko'paytiring.

SAP BCM yechimi moslashuvchan IVR(Ovozli interfaol javob) konfiguratsiya vositalarini o'z ichiga oladi, jumladan qo'ng'iroqlar kommutatsiya rejimlari uchun marketing audio roliklarini faollashtirish qobiliyati, marketing kompaniyalarini qo'llab-quvvatlash uchun ustunlikni belgilash qobiliyati. Kontakt markazining ishini optimallashtirish uchun yuklarni operatorlarga, operatorlarni ro'yxatga olish funktsiyalariga, shu jumladan operator tomonidan ishlagan vaqtni va ish samaradorligini, markazlashtirilgan boshqaruv va monitoring funktsiyalariga teng ravishda taqsimlash uchun avtomatik qo'ng'iroqlarni tarqatish funktsiyalari mavjud.
CRM tizimi bilan integratsiyalashgan SAP BCM dasturiy majmui sizning kompaniyangizning asosiy biznes-jarayonlariga muvofiq keng ko'lamli vazifalarni hal qilishga imkon beradi. Masalan: mijozni identifikatsiya qilish funktsiyasini faollashtirish sizga kompaniyaning maqsadli bo'linmasi tomonidan keyingi ishlov berish uchun CRM tizimida mijozning o'zaro munosabat kartasini avtomatik ravishda yaratishga imkon beradi. Mijozning kirish qo'ng'irog'i bilan yoki mijozga tashabbus qo'ng'irog'i bilan kontekstli mijoz ma'lumotlarini chaqirish, aloqa samaradorligini oshirish uchun o'zaro munosabatlar tarixi va mijozning manfaatlarini hisobga olgan holda yuqori sifatli tematik tasniflashni amalga oshirishga imkon beradi.
Mijoz qo'ng'irog'ini xodimlarga o'tkazish mavjudlik holatiga muvofiq amalga oshiriladi. CRM tizimi bilan integratsiya, korxonangizning sanoat xususiyatlarini hisobga olgan holda qo'ng'iroqlar tarqatishning moslashuvchan interfeysini sozlash imkonini beradi. Agar mijozni xodimga almashtirishning iloji bo'lmasa, o'tkazib yuborilgan qo'ng'iroq kartasi tegishli bo'lim xodimlariga kontekstual ma'lumot (call-back) yordamida yaratiladi.
SAP BCM yechimi keng va moslashuvchan konfiguratsion parametrlarga ega, bu sizga biznes-jarayonlaringiz uchun aloqa markazining ishini optimallashtirish imkonini beradi.

K2 Consult quyidagilarni taklif qiladi

K2 Consult mutaxassislari SAP BCM integratsiyalashgan yechimini ishlab chiqarishda noyob tajribaga ega. Ushbu yechim va u bilan bog'liq biznes jarayonlar avtomobillarni sotish sohasida muvaffaqiyatli amalga oshiriladi. Avtomobilsozlik sanoatining asosiy mijozi uchun 16ta dilerlik tarqatish tarmog'iga xizmat ko'rsatuvchi aloqa markazi tashkil etilgan. Turli shaharlardan (joylardan) aloqa markazlarining mantiqiy birlashuvi tajribasi mavjud.

K2 Consult kompaniyasi sizning biznesingizning o'ziga xos xususiyatlarini inobatga olgan holda, biznes-jarayonlarni tahlil qilish va optimallashtirish bo'yicha aloqa markazlari uchun eng maqbul yechimni ishlab chiqish bo'yicha xizmatlarni taklif etadi. K2 Consult xizmatlari paketi loyihani amalga oshirishning batafsil rejasini va yig'ilish muddatlarini tayyorlashni, shuningdek loyihaning barcha bosqichlarida, mijozlarni qo'llab-quvvatlashni o'z ichiga oladi.